MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR » Kino va Serial olami
» » MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR

MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR

admin | 0 комментариев | 327 просмотров
01
11
2019
MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR.

Sen ham o'zga yurtda ishlab ko'rdingmi,
Och qolib qattiq non tishlab ko'rdingmi,
Erkak bo'lib ko'zing yoshlab ko'rdingmi,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Yoqasi oqarmas deb, g'iybat qilibsan,
Kosasi oqarmas deb, rosa kulibsan,
Essiz gunoxlarga botib yuribsan,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Sovuq kunda tinmay ishlab ko'rdingmi,
Bola chaqa oilang, tashlab keldingmi,
Musofirni yomon deb yaxshi bo'ldingmi,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Aslo havas qilib ketmaydi ishga,
Umrin tikib qo'ygan oila boqishga,
Haqqing yo'q musofirni yomon deyishga,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Qizing so'rab kelsa bermayman debsan,
Qora ishchi deya zarda qilibsan,
Mard yigitni yomon deb, nomard bilibsan,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Men ham musofirman oddiy bir inson,
Rozg'or tebratyabman bo'lsam ham sarson,
Musofir emassan shukur qil nodon,
Ey musofirlarni yomon deganlar.

Muallif: Qodir Qaxxor


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"MUSOFIRLARNI YOMON DEGANLAR"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать