» » Javob bering ona

Javob bering ona

admin | 0 комментариев | 56 просмотров
20
11
2019
Javob bering ona
0 голосов
Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

Javob bering ona
O'limizni bo'ynizga olib.
Keng dunyoga keltirdiz ona
Endi sizga bir savol beray
Vafolimi bu dunyo ona ?

Qaydan kelganim bilmay
Men yer tepib yig'laymi ona
Endi sizga bir savol beray
Ko'z yoshga arzirmu bu dunyo ona?

Tentirab yuribman dunyo ketidan
Qachon to'yarkin ko'zlarim ona
Endi sizga bir savol beray
Tuproqdan to'yarmi bu ko'zlar ona?

Nega ko'rsatmadiz iymonni yo'lin
Balki men u yo'lda yurardim ona
Endi sizga bir savol beray
Iymon halovati qayerda ona?

Gunoh m'siyatda umrim o'tmoqda
Qabrda gar yotsam, yolg'iz men ona
Endi sizga bir savol beray
Qabr azobi yengilmu ona?

Nohaqlar ichida xaqni qidirib
Musofir yurtlarga ketdim men ona
Endi sizga bir savol beray
Musofirlar xammasi xoyinmi ona?

Qalbimga xidoyat nurini sochdi
kim berdi xidoyat bilmayman ona
Endi sizga bir savol beray
O'shal mehribon zot Ollohmi ona?

O'tmishda gunohlar qolib kettiku
Tavbada o'tmoqda tunlarim ona
Endi sizga bir savol beray
Gunohlarni kechirgan zot G'ofur mi ona?

Savob umidida yugurib yeldim
Dunyo savobin izlab, charchadim ona
Endi sizga bir savol beray
Bir harfida o'n savob qu'ronmi ona?

Eshitdim robbimning jamoli haqda
Inshaalloh men uni ko'raman ona
Endi sizga bir savol beray
Robbim bilan uchrashuvim qayerda ona?

Ul yer onalar oyog'i osti
qani uxlay endi ostonasida
endi sizga so'rovim aytay
Oyoqlarizdan bir to'yib o'pay ona


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"Javob bering ona"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать