» » Nega erta turish kerak?

Nega erta turish kerak?

admin | 0 комментариев | 128 просмотров
12
11
2019
Nega erta turish kerak?
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

Nega erta turish kerak?
Sahar turishni niyat qilishdan oldin yuqoridagi savolga javob topishingiz kerak. Siz nima uchun erta turmoqchisiz? Kimdir ibodat qilish uchun, kimdir ishga kech qolmaslik uchun, yana kimdir ertalab dars tayyorlash yoki badantarbiya bilan shug‘ullanish uchun barvaqt turishga intiladi. Ayniqsa, oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlanayotgan abiturientlar uchun erta turish juda muhimdir. Hech qanday ishi bo‘lmagan odam uchun ham erta turish zarar qilmaydi. Hakim zotlar, erta turish insonning rizqini ko‘paytiradi, deganlar. Darhaqiqat, erta turgan odamning vaqtida baraka bo‘ladi. Kayfiyatning ko‘tarinki, ruhan tetik bo‘lishning siri ham uyqudan erta uyg‘onishda.

Shuning uchun erta turishning zarurati va foydalari haqida oldindan aniq to‘xtamga ega bo‘lish kerak. Chunki ertalab turib, nima bilan shug‘ullanishni bilmaydigan, aniq rejasi yo‘q insonda yana uyquga ketib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, odatdagi kuningizdan hatto 30 daqiqa vaqtli tursangiz ham bu har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanishingiz yoki bir oyda 3-4ta kitob o‘qishingiz uchun kifoya qiladigan qo‘shimcha va qimmatli vaqt bo‘ladi. Odamlar vaqt yetishmasligidan noliydigan bugungi tig‘iz dunyoda ham rejadagi ishlarga ulgurishning eng samarali yo‘li bu erta turishdir.

Endi tasavvur qiling, 30 daqiqa emas, 2-3 soat vaqtliroq turishga odatlandingiz. Masalan, uyqudan 7:00da emas, 04:00 da turasiz. Bu bir yilda 1116 soat bo‘lib, 10 yilda deyarli butun bir yillik umr sizning ixtiyoringizga beriladi. Ertalab turishda nafaqat jismoniy, balki ruhiy foydalar ham juda ko‘p. Erta turgan odamda hayotga muhabbat, o‘ziga ishonish kabi muhim tuyg‘ular kuchli bo‘ladi. Qolaversa, uzoq umr ko‘ruvchilarning aksariyati erta turishga odatlangan odamlar bo‘lgani ham ilmiy haqiqatdir.

Erta turish oqibatida uyquning kamayishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Mutaxassislar katta odamlar uchun bir kunda 5-6 soat uxlash kifoya qilishini ta'kidlashadi. Demak, kech soat 24:00da uxlagan odam ertalab 5:00da uyg‘onsa, kam uxlaganidan nolimasa ham bo‘ladi. Albatta, uyquni 6-7 soatga uzaytirgan afzal. Bu miqdorda uxlash, ayrim mutaxassislar vahima qilganidek, organizm uchun zararli darajadagi kam uyqu emas, balki me'yor ekanligi ishonchli ilmiy tajribalar orqali isbotlangan. Aksincha, ko‘p xastaliklarning me'yordan ortiq uxlash va kun chiqquncha yotoqda yotishdan kelib chiqishi ham fanda bor gap.

Shunday ekan, siz ham barvaqt turishga odatlaning. Agar buni eplolmayotgan bo‘lsangiz, biz yuqorida tilga olgan usullarni qo‘llab ko‘ring. Barvaqt turishning foydalarini ko‘rgach, qilgan ishingizga achinmaysiz.

Behzod Mamadiyev
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"Nega erta turish kerak?"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать