ZOLIM XON BILAN CHOʻPON » Kino va Serial olami
» » ZOLIM XON BILAN CHOʻPON

ZOLIM XON BILAN CHOʻPON

admin | 0 комментариев | 223 просмотров
17
01
2020
ZOLIM XON BILAN CHOʻPON
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

ZOLIM XON BILAN CHOʻPON✍️👍🇺🇿✔️

Oʻtgan zamonda bir zolim, qonxoʻr xon boʻlgan
ekan. Xonning qirq xotini boʻlib, bitta ham
farzand koʻrmagan ekan. Xon umrining oxirida
ang kichik xotinidan bir oʻgʻil koʻribdi,
Kundan kun, oydan oy, yildan yil o'tibdi.
O'e'li oʻsib ulgʻayibdi, qomati kelishgan, agli
raso, rahmdil yigit boʻlib yetishibdi.
Xon koʻzining oqu qorasi, bitta-yu bitta
o'gʻliga shamolni ham ravo koʻrmas ekan. U
oʻgʻlining rahmdilligidan gʻazablanar ekan. Lekin
oʻgʻliga hech nima deyolmay, u bilan soʻzlashgan
odamni oʻldirtirar ekan.
Kunlardan bir kuni shaharning chetidagi bir
oʻrmonda yovvoyi toʻngʻiz paydo boʻlib, ekinlarni
payhon qilib, xalqqa koʻp zarar yetkazibdi. Hech
kim toʻngʻizni ushlolmabdi. Aksincha, toʻngʻiz
oʻrmonga borgan odamlarni halok qilar ekan.
Buni eshitgan xonning oʻgʻli oʻrmonga borib
toʻngʻizni oʻldirib kelish uchun otasidan ijozat
soʻrabdi. Xon javob bermabdi.
Oxiri xonning oʻgʻli otasiga bildirmay kiyinib,
yarogʻ-aslaha olib, bir oʻzi oʻrmonga otlanibdi.
Darvozada turgan soqchilardan biriga:
- Men uch kunda qaytib kelsam kelganim,
boʻlmasa meni oʻldi deb bilinglar,
debdi. Yigit
o'rmonga qarab yoʻl olibdi.
Yosh yigit oʻrmonga borib ikki kecha-yu ikki
kunduz toʻngʻiz bilan olishibdi. Uchinchi kuni
to'ngʻiz uni ezgʻilab, majaqlab tashlabdi. U halok
boʻlibdi. Xon oʻgʻlining koʻrinmaganiga hayron
boʻlib, surishtiribdi. Hech kim aytmabdi. Oxiri
Soqchilardan biri xonning oʻgʻli o'rmonga
ketganini
va undan haligacha darak yoʻqligini
aytibdi. Xon xavotir olib oʻrmonga kishilar
yuboribdi. Soqchilar, xizmatkorlar oʻrmonga
borib uni koʻp axtarishibdi, bir joyga borib qarasalar, yigitning kiyimlari va qurol-aslahalari
har yer, har yerda yotgan emish, oʻzi bir
daraxtning tagida oʻlib yotgan emish. Yigitning
halokatga uchragani ma'lum boʻlibdi. Xon:
Kimki oʻgʻlim toʻgʻrisida sovuq
keltirsa, qornini yorib qoʻrgʻoshin quyaman,
degan ekan. Juda xafa boʻlishibdi.
bildirish yoʻllarini oʻylashibdi. Xonga aytsak
bizni oʻldiradi
deyishlarini bilmabdilar.
Zolim xonning aytgan soʻzini eslab, togga
chiqib ketishibdi. Togʻda soʻzga
qoʻshiqchi Ali degan cho'pon yashar ekan. Saroy
xizmatkorlari boʻlgan voqeani choʻponga aytib
berishib:
Endi sen bizga yoʻl koʻrsat, xonga bu
voqeani qanday aytamiz, – deyishibdi. Choʻpon:
Xafa boʻlmanglar, hozir bir oz dam olib
turinglar. Bu baloni men daf qilaman, – debdi.
Choʻpon bir daraxtdan kesib olib, qorni teshik
dutor yasabdi. Xonning xizmatkorlari oldiga
kelib:
xabar
Xonga
deb, qoʻrqqanlaridan nima
chechan,
Qani
yuringlar,
debdi.
boramiz,
xonning
dargohiga
Ular xon saroyiga kelganlaridan keyin cho'pon
dutorni qoʻliga olib asta-sekin chala boshlabdi.
Dutor nola qilibdi.
Yosh yigitning oʻrmonga borgani, toʻng'iz
bilan olishgani va oxirida qahramonona halok
boʻlgani toʻgʻrisida kuylabdi. Xon dutorning
yurakni ezuvchi gʻamli nolasidan oʻgʻlining halok
boʻlganini sezib qolibdi. Gʻazablanib baqiribdi: Jallod, oʻrmonga borib kelgan bu
kishilarning qornini yorib, qoʻrgʻoshin quy,
debdi. Choʻpon oʻrnidan turib:
Ey xon, sen esingni yeb qoʻyibsan? Bu
xabarni senga biz emas, mana bu dutor yetkazdi.
Qoʻrgʻoshinni dutorning qorniga quyaver,
debdi.
Zolim xon nima qilishini bilmay, gʻazabiga
chidolmay dutorning qorniga qoʻrgʻoshin
quydiribdi.
Shunday qilib, xizmatkorlar dilim xon
zulmidan qutilib qolishgan ekan.


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"ZOLIM XON BILAN CHOʻPON"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать