"QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi) » Tengsiz Portal №1
» » "QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi)

"QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi)

admin | 0 комментариев | 632 просмотров
30
01
2020
"QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi)
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

loading...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

"QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi)

O'zgargandi yigit ham
Ko'rgan tushidan keyin.
Ancha bo'ldi ichmaydi
Tashladi asta-sekin.

Halol ishlab yurardi
Tarbiyaga ulgurar.
Otasin vasiyati
Vijdonin turtib turar.

Shunday o'tardi kunlar
Qaramasdan ortiga.
Juma kuni saharda
Ota kirdi tushiga.

Oppoq libos egnida
O'tib ketgan otasin.
Shiringina jilmayar
Kayfiyati ham sokin.

Yigit otajonim der
Qo'llarini uzatib.
Otasi:rahmat bolam
O'zing olding tuzatib.

Men ham yaxshilar safin
To'ldirgancha yuribman.
Savol-javob chog'ida
Yaxshi joyda turibman.

O'zgarganinga rahmat
Hechdan ko'ra anglading.
Mana endi to'g'ri yo'l
Farzandinga tanlading.

Yana bitta iltimos
Onangni ham asragin.
Mendan senga omonat
Tez-tez xabardor bo'lgin.

O'limimdan so'ng ko'ngli
Biroz cho'kib qolibdi.
Qarichilik qursinda
Yig'lab ko'zi tolibdi.

Otam o'lmadi degin
Menku senda yashayman.
Sog'insa quchsin seni
Men ham senga o'xshayman.

Oqargan sochlarini
Tarab qo'yginda bolam
Qo'llari,yuzlarida
Ko'paygandir ajin ham

Asragin shu onangni
Men ko'rmaganim ko'rsin.
Farzanding to'ylarida
Duolar qilib tursin.

Qattiq gapirma sira
Ko'ngli qildayin nozik.
Aytgin yaxshi xabarlar
Qalbiga solmay xadik.

Farzand deb o'tdi umri
Endi hassa yo'ldoshi.
Ishdan kelganing chog'da
Bo'lgin yaqin sirdoshi.

Singillaring olisda
Ruxsat tegsa keladi.
Bilsang onang hammadan
Seni yaxshi ko'radi.

Xotinga ham aytgin
Gapirmasin balandroq.
U ham tushar shu ko'yga
Qariydi,qo'lda titroq.

Uyg'ondi cho'chib yigit
Tong otishin kutmadi.
Otasin vasiyatin
Birin ketin bajardi.

Ona yotgan xonaga
Kirib bordi ko'zda yosh.
Onasin quchib yig'lar
Emas ekan bag'ri tosh.

O'pdi qadoq qo'llarin
Oq sochlarin taradi.
To'lib toshgan mehri ham
Otasiga o'xshadi.

Shu zaylda yigitning
O'tar ekan umri ham.
Baxtli oila ko'paysin
Hamma bo'lsin jamuljam.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA""QABRDAGI VASIYAT 2"(davomi)"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать