SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN » Tengsiz Portal №1
» » SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN

SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN

admin | 0 комментариев | 551 просмотров
13
01
2020
SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN
0 голосов

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN

Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda,
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.

Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
Hayotdan umiding so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.

Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
Va'dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.

Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.

Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni ko'rganlarim yodinga tushsin.

Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqida so'zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga tushsin...!


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"SENI SEVGANLARIM YODINGA TUSHSIN"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать